O‘zA O`zbek

15.08.2018 10:41 Chop etish versiyasi

Samarqanddagi bozorlar o‘z chorva fermasiga ega bo‘ladi

Samarqanddagi bozorlar o‘z chorva fermasiga ega bo‘ladi

Bu haqda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ayni paytda viloyatdagi dehqon va buyum bozorlari faoliyati, sotilayotgan mahsulotlarning sifati va narxi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

– Bugun bozorlarda sotilayotgan go‘sht mahsulotlarining sifati va narxi xalqimizning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda, – deydi E.Turdimov. – Qassoblar o‘z bilganicha ish tutib, chorva mollarini belgilanmagan joylarda so‘yib, savdoga chiqarmoqda. Oqibatda sanitariya-gigiyena qoidalari buzilmoqda, aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklar tarqalyapti. Endilikda bozorlar qoshida chorva fermasi, kushxona tashkil etiladi. Zarur bo‘lsa, buning uchun kredit ajratiladi. Maqsad – go‘sht mahsulotlarini sifatli tayyorlab, aholini qoniqtiradigan narxda savdoga chiqarish, bu boradagi qonunga zid holatlarning oldini olish.

O‘zA
3 507