Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 17:08 Chop etish versiyasi

Samarqanddagi barcha tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish markazlariga “Damas” avtomashinalari topshirildi

Samarqanddagi barcha tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish markazlariga “Damas” avtomashinalari topshirildi Аholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash maqsadida 2017-yil 12-sentabrda Prezidentimizning “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash, ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish asosida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etildi.

– Qaror bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoat ishlari byudjet tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tashkil etilganda 100 foiz, xo‘jalik hisobidagi korxonalar tomonidan tashkil etilganda 50 foiz miqdorida ish haqi jamg‘arma hisobidan to‘lab beriladi, – deydi Samarqand viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Usmonov. – Mazkur hujjatga asosan Pastdarg‘om tumanida tajriba sifatida haq to‘lanadigan jamoat ishlari tashkil etildi va 2017-yil noyabr oyida 1268 nafar, dekabr oyida 1173 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 2018-yildan boshlab barcha tumanlarda haq to‘lanadigan jamoat ishlari tashkil etilib, yilning birinchi choragida 4 mingdan ortiq fuqaro jalb etilishi bo‘yicha ish beruvchilardan buyurtmalar qabul qilingan. 

  

Viloyatning barcha tuman va shaharlarida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan har bir tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish markaziga “Damas” avtomashinasi topshirilmoqda. 



– Joriy yil birinchi choragi uchun 200 nafar ishsiz aholi ro‘yxatga olindi, – deydi Nurobod tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori I.Berdiqulov. – Yil davomida biror kasbiy malaka va ma’lumotga ega bo‘lmagan 1500 dan ortiq ishsiz fuqaro jamoat ishlariga jalb qilinib, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanadi. Ayni paytgacha 50 dan ortiq korxona-tashkilot bilan shartnoma tuzilib, bajariladigan ishlar belgilab olindi. Bugun jamg‘arma tomonidan berilgan avtomashina bu boradagi faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.



G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA
1 753