O‘zA O`zbek

16.08.2018 19:08 Chop etish versiyasi

Samarqandda yangi аkvapark ish boshladi

Samarqandda yangi аkvapark ish boshladi
Samarqand shahridagi sobiq “Sug‘diyona” istirohat bog‘i hududida “Dobusiya Samarqand akvalend” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan akvapark tashkil etildi.

Umumiy maydoni 3,5 gektarli akvaparkda kattalar uchun 2 ta, bolalar uchun 1 ta basseyn, shuningdek, 3 ta jakuzi va 1 ta umumiy to‘lqinli suv havzasi barpo etilgan. Har bir basseyn yoshga mos tarzda attraksionlar bilan jihozlangan. Akvapark bir vaqtning o‘zida 1000 kishini qabul qilish imkoniyatiga ega.

–Loyihaning umumiy qiymati 8 million AQSH dollari, - deydi “Dobusiya Samarqand akvalend” MCHJ rahbari Bahriddin Ibrohimov. – Ayni paytda loyihaning bir qismi ishga tushirildi. 2000 kishiga mo‘ljallangan mehmonxona, qishki basseyn, sport sog‘lomlashtirish markazining qurilish ishlari davom etmoqda. Loyiha xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotir.

Akvaparkda bir nechta kafe-bar, cho‘milish anjomlari va kiyimlari savdo do‘koni yo‘lga qo‘yildi. 30 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlandi.

6.JPG

11.JPG

14.JPG

27.JPG


Alisher Isroilov (surat) O‘zA
4 697