O‘zA O`zbek

31.08.2018 18:19 Chop etish versiyasi

Samarqandda rahbarlar va ularning oila aʼzolari “Islomxoʻja” filmini tomosha qildi

Samarqandda rahbarlar va ularning oila aʼzolari “Islomxoʻja” filmini tomosha qildi
Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida “Oʻzbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan ishlangan “Islomxoʻja” badiiy-publitsistik filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

“Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi viloyat filiali tomonidan uyushtirilgan tadbirga Samarqand viloyati hokimligi, boshqarma va idoralar rahbarlari oila aʼzolari bilan birga taklif etildi.

Taqdimotda ushbu filmning yaratilishi va Islomxoʻja shaxsiyati haqida maʼlumot berildi. Shundan soʻng film namoyish etildi.

– Mazkur badiiy-publitsistik film Vatanimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligi oldidan yurtimiz kino ijodkorlarining xalqimizga oʻziga xos bayram sovgʻasi boʻldi, – deydi Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari R.Qobilov. – Viloyatimizdagi tashkilotlar rahbarlari bugun bu yerga oila aʼzolari bilan kelib ham madaniy hordiq chiqardilar, ham yaqin oʻtmishizdagi tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati haqida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Gʻolib Hasanov,OʻzA
1 190