Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2017 14:13 Chop etish versiyasi

Samarqandda hududiy partiya kengashining 2016-yilgi faoliyati tahlil etildi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashining 2016-yil faoliyati yakunlari va 2017-yildagi ustuvor vazifalari muhokamasiga bag‘ishlangan plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenumda Prezidentimizning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi hamda mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan vazifalar va ularni amalga oshirishda partiya tashkilotlari va deputatlar korpuslari oldida turgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlandiki, 2016-yilda partiya dasturiy maqsadlari hamda elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, partiyaning viloyat, tuman, shahar kengashlari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan sessiyalar kun tartibiga 12 masala kiritilgan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuzga yaqin deputatlik so‘rovi yuborilgan, deputatlik guruhi yig‘ilishlarida 17 mansabdor shaxsning axboroti tinglangan. Lekin bir qator tuman, shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhlari faoliyatida bunday faollik kuzatilmagan. Deputatlar, partiya faollarida tashabbuskorlik yetishmayapti.

Plenumda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlarining Ishtixon tumanida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarida o‘rtaga tashlangan dolzarb masalalar ijrosi yuzasidan partiya tomonidan zarur choralar ko‘rilishi qayd etildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
836






Все о погоде - Pogoda.uz