O‘zA O`zbek

27.08.2018 11:54 Chop etish versiyasi

Samarqandda “Har bir oila – tadbirkor” dasturining ijrosi qoniqarlimi?

Samarqandda “Har bir oila – tadbirkor” dasturining ijrosi qoniqarlimi?
Samarqand shahrida Prezidentimizning 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʻminlashga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Majlisda viloyat, tuman va shahar hokimlari, barcha sektorlar rahbarlari, respublika tijorat banklari raislari va oʻrinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlardagi mutasaddi idora va tashkilotlar boshliqlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi M.Nurmuratov, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov dasturni amalga oshirishda mahalliy hokimliklar, sektorlar rahbarlari va banklar oldida turgan vazifalar haqida soʻz yuritdi. Dastur asosida Samarqand viloyatiga 140 milliard soʻmlik imtiyozli, yaʻni 7 foizli kredit mablagʻlari ajratilishi belgilangan. Kredit ajratishda ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berish, soxta maʻlumotlar va son ortidan quvish oʻrniga ish sifatiga eʻtibor qaratish lozimligi taʻkidlandi. Kreditni undan foydalana oladigan, bunga ehtiyoji bor oilalarga berish, imkon qadar koʻproq kishilar bandligini taʻminlash va oila farovonligini oshirishga yoʻnaltirish zarurligi qayd etildi.

Gʻ.Hasanov, OʻzA
1 597