Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 11:31 Chop etish versiyasi

Samarqandda bir haftada 1176 qoidabuzarlik qayd etildi

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yil 29-yanvar - 4-fevral kunlari viloyat hududida transport vositalari bilan bog‘liq 1 ming 176 qoidabuzarlik aniqlangan.

Jumladan, 175 holatda belgilangan tezlikni oshirish, 81 holatda hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish, 24 holatda uyali telefondan foydalanish qayd etilib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

22 nafar haydovchi esa spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda transport vositasini boshqarayotganda “to‘xtatilgan”.

O‘zA
6 075