O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

Samarqandda 35 nafar fuqaro karantindan chiqdi

Samarqandda 35 nafar fuqaro karantindan chiqdi

Bugungi kunda Samarqand viloyatida karantinda boʻlgan fuqarolar 4 ming 477 nafarni tashkil qilmoqda. Bugun – 30-mart kuni 35 nafar fuqaroda 14 kunlik karantin nazorati tugadi. Ular laboratoriya test sinovlaridan qayta oʻtkazilganda test natijalari manfiy javobni koʻrsatdi. Bu fuqarolar statsionar sharoitdan uy sharoitiga oʻtkazilib, yana 10 kunlik kuzatuvda boʻladi.

Bugungi kunga qadar viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi. Shuningdek, epidemiologik surushtiruv hamda koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

1 033
Gʻ.HASANOV, OʻzA