O‘zA O`zbek

24.08.2018 17:39 Chop etish versiyasi

Samarqandda 24-26 avgust kunlari “Silk road bazaar” milliy festivali boʻlib oʻtadi

Samarqandda 24-26 avgust kunlari “Silk road bazaar” milliy festivali boʻlib oʻtadi Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ilk bor oʻtkazilayotgan festivalga 3 mingdan ortiq xorijlik sayyoh taklif etilgan.

Qadim Sharq bozorlari anʻanalarini oʻzida mujassamlashtirgan festivalda Samarqand, Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrining 80 dan ziyod hunarmandlari oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbir ishtirokchilari savdo yarmarkasini tomosha qilib, mahsulot xarid qilish bilan birga bu yerda namoyish etiladigan folklor etnografik jamoalar va badiiy jamoalarning chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalardan ham bahramand boʻladi.

OʻzA
2 335