O‘zA O`zbek

16.02.2019 Chop etish versiyasi

Samarqandda 1 kilogramm marixuana savdosi oldi olindi

Samarqandda 1 kilogramm marixuana savdosi oldi olindi

2019 yil 28 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB JQB hamda Ishtixon tuman IIB xodimlari hamkorlikda Ishtixon tumani Orlot mahallasi hududida oʻtkazgan tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan fuqaro M.B. va shu tumanda yashovchi M.A. bilan jinoiy til biriktirib, Jomboy tumani A.Qurbonov mahallasida yashovchi, fuqaro Gʻ.S. oʻgʻliga tegishli boʻlgan “Neksiya” rusumli avtomashinasidan taksi sifatida foydalanib tadbirda xaridor tariqasida jalb qilingan “Shurik” va “Koba” ismli shaxslarga 1045,42 (bir ming qirq besh gramm, qirq ikki milligramm) ogʻirlikdagi marixuana giyohvandlik moddasini 52 million soʻmga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

image_2019-02-16_10-44-10.png

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida B.M. “marixuana” giyohvandlik moddasi oʻziga tegishli ekanligini, ushbu marixuana giyohvandlik moddasini 2018 yil may oylarida Bulungʻur tumanida ijaraga olgan dala maydoniga ekib, yetishtirganligini bildirgan. 

Ayni paytda Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

876
OʻzA