O‘zA O`zbek

28.12.2017 08:00 Chop etish versiyasi

Samarqand viloyati soliq idoralari faoliyati haqida 2017-yilda 460 targ‘ibot materiali berildi. Bu ko‘pmi, kammi?

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida o‘tkazilgan “Ommaviy axborot vositalarida soliq qonunchiligining yoritilishi: hamkorlik samarasi” mavzusidagi davra suhbatida shu haqda so‘z bordi.

Viloyatdagi ommaviy axborot vositalari hamda soliq idoralari xodimlari ishtirok etgan tadbirda boshqarmaning jamoatchilik bilan aloqalar va axborot bo‘limi faoliyati, tuman, shahar davlat soliq inspeksiyalarining hududiy nashrlar bilan hamkorligi masalalari muhokama etildi.

– Davlat soliq xizmati tuzilmasida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, tuzilmada faoliyat yuritayotgan Axborot xizmati Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limiga aylantirildi, – deydi Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Z.Norqo‘ziyev. – Viloyatlar davlat soliq boshqarmalari shtatlar tarkibiga 1 shtat birligi qo‘shilib, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, har bir tuman, shahar davlat soliq inspeksiyasida ushbu vazifa bilan shug‘ullanuvchi xodimga qo‘shimcha mehnat haqi to‘lash tizimi joriy etildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
7 118