O‘zA O`zbek

12.01.2019 11:33 Chop etish versiyasi

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida hokim oʻzgardi

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida hokim oʻzgardi

Bugun xalq deputatlari Pastdargʻom tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi. 

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. 

Bahodir Saʼdullayev oʻz arizasiga binoan Pastdargʻom tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. 

Shu paytgacha Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatgan Xudayberdiyev Shunqor Farmonovich Pastdargʻom tumani hokimi etib tayinlandi.

OʻzA
1 199