O‘zA O`zbek

02.08.2018 09:49 Chop etish versiyasi

Samarqand viloyati hokimining uch nafar o‘rinbosari o‘zgardi

Samarqand viloyati hokimining uch nafar o‘rinbosari o‘zgardi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovning 2018-yil 1-avgustdagi qarorlariga muvofiq, Nurqulov Abdumajid Alibekovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shu paytgacha bu vazifada Kamoliddin Qurbonov ishlab kelayotgan edi.

Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib Shukurov Akmal G‘ayratovich tayinlandi.

1-avgustga qadar Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Munis Voseyev o‘rnida endilikda Nurullayev Botirjon O‘tkirovich faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zA
2 590