O‘zA O`zbek

10.04.2018 18:40 Chop etish versiyasi

Samarqand viloyati delegatsiyasi Хitoyda

Samarqand viloyati delegatsiyasi Хitoyda Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi tadbirkorlarining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish maqsadida Sian shahridagi xalqaro logistika markazida Samarqandning investitsion imkoniyatlari hamda eksport salohiyati haqida ma’lumot berish maqsadida biznes-forum o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev, Sian shahri vitse-meri, janob Gao Gao, Shensi provinsiyasi tashqi ishlar departamenti mas’ul xodimlari hamda yirik ishbilarmonlar ishtirok etdi.

6.jpg

Sianlik ishbilarmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingan biznes-forum savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Taqdimot yakunida Samarqanddan borgan 26 nafar tadbirkor va yirik korxonalar rahbarlari Shensi provinsiyasidagi kompaniyalar bilan ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tashrifning birinchi kunida qiymati 23,6 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish bo‘yicha 3 loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar imzolangan.

5 (1).jpg

G‘olib Hasanov, O‘zA
3 046