O‘zA O`zbek

12.09.2019 Chop etish versiyasi

Samarqand viloyat hokimligining Registon maydoni “Mirzo Ulug‘bek” madrasasida o‘tkazilgan tadbir yuzasidan rasmiy bayonoti

Samarqand viloyat hokimligining Registon maydoni “Mirzo Ulug‘bek” madrasasida o‘tkazilgan tadbir yuzasidan rasmiy bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari I.Ne’matovning 2019 yil 30 iyuldagi 03-1/32570- sonli xatida AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari Kongressi rahbari Boris Kandov boshchiligidagi (80 nafar) delegatsiyaning 2019 yil 2-9 sentabr kunlari “Ziyorat turizmi” dasturi asosida yurtimizga tashrif buyurishi qayd etilgan.

Mazkur dasturga asosan, 6 sentabr kuni Samarqand shahrida “Amerika va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik masalalari”ga bag‘ishlangan biznes forum va boshqa tadbirlar bilan birgalikda, 8 sentabr kuni “Registon” ansamblida mehmonlar uchun qabul marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif davomida 5 sentabr kuni Samarqand shahrida joylashgan Buxoro yahudiylari qabristonining ta’mirdan so‘ng, ramziy ochilish tadbiri, 6 sentabr kuni mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum o‘tkazilib, forum doirasida bir qator sohalar bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Shuningdek, 7 sentabr kuni “Regal Palas” mehmonxonasida mehmonlar uchun viloyat hokimligi tomonidan rasmiy qabul o‘tkazilib, tadbirda O‘zbekistonning Isroildagi turizm elchisi Xay Davidov chiqish qildi. Dastur doirasida 8 sentabr kuni Registon maydonidagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida “OR-AVNER” senogogi, Samarqand yahudiylar birlashmasi tomonidan delegatsiya a’zolari uchun qabul o‘tkazilgan.

Bu kabi tadbirlar Registon maydoni Ulug‘bek madrasasida rasmiy delegatsiyalar uchun tegishli tartibda tasdiqlangan dasturlar asosida tashkil etib kelingan.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

684
O'zA