O‘zA O`zbek

15.11.2019 Chop etish versiyasi

Samarqand va Sakarya oʻrtasida birodarlashgan shaharlar protokoli imzolandi

Samarqand va Sakarya oʻrtasida birodarlashgan shaharlar protokoli imzolandi

Turkiyaning Sakarya viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqandga tashrifi doirasida bugun, 15-noyabr kuni Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Oblaqulov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar davomida shaharlar oʻrtasida madaniy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Sakaryalik tadbirkorlarning mamlakatimizga investitsiya kiritishlarini ragʻbatlantirish boʻyicha fikr almashildi.

Tadbir soʻngida hamkorlikdagi ustuvor vazifalarni samarali roʻyobga chiqarish maqsadida Samarqand bilan Sakarya oʻrtasida birodarlashgan shaharlar protokoli imzolandi.

10 630
OʻzA