O‘zA O`zbek

21.08.2019 Chop etish versiyasi

Samarqand shahrining bosh rejasi loyihasi muhokama etildi

Samarqand shahrining bosh rejasi loyihasi muhokama etildi

Respublika Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 yanvardagi qarori asosida Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi tomonidan 2017-2019 yillarda Samarqand shahrining 2040 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasini va markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Manzilli dasturga ko‘ra, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihasi “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi hamda Xitoyning “China Construction Engineering Design Group Corp. Ltd” kompaniyasining mutaxassislari hamkorligida ishlab chiqildi.

Mazkur loyiha belgilangan tartibda dastlab Samarqand viloyati va shahri mutasaddi tashkilotlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinib, keyingi bosqichda respublika arxitektura-shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.

Joriy yilning iyul oyi yakunida bosh reja loyihasining viloyat va shahar hokimliklari, tashkilotlar mas’ullari ishtirokidagi dastlabki muhokamasi o‘tkazilgan edi.

Bugun Samarqand viloyati qurilish boshqarmasida bosh reja mutasaddilar va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi. Loyiha bosh arxitektori, “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi mutaxassisi F.Negmatova ishlab chiqilgan bosh reja haqida ma’lumot berdi.

Muhokama davomida mutaxassislar, jamoatchilik vakillari bosh reja yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga loyiha mualliflaridan javob olib, taklif va tavsiyalarini bildirdi.

2 299
G‘.HASANOV, O‘zA