O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

“Samarqand aylanma yoʻli” yil yakuniga qadar toʻliq taʼmirlanadi

“Samarqand aylanma yoʻli” yil yakuniga qadar toʻliq taʼmirlanadi

Bugungi kunda mamlakatimiz boʻylab yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar asosida avtomobil yoʻllarining sifati zamon talablariga mos holatga keltirilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyati hududidagi M-37A (4R-45) “Samarqand aylanma yoʻli” ham mamlakatimiz hududidagi alohida ahamiyatga ega yoʻllardan biri hisoblanadi. 

Uzoq yillar davomida eʼtiborsizlik sabab taʼmirtalab holatga kelib qolgan avtoyoʻlda 2013-yildan qurilish-taʼmirlash ishlari boshlangan edi. Umumiy uzunligi 46 km boʻlgan yoʻlda bunyodkorlik ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Hududdagi mavjud 7 ta koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlardan 2 tasining taʼmirlash ishlari yakunlangan. Joriy yil yakuniga qadar koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar toʻliq taʼmirdan chiqarilib, M-37A (4R-45) “Samarqand aylanma yoʻli” toʻliq ishga tushadi.

photo_2020-07-08_16-39-09.jpg

photo_2020-07-08_16-39-06.jpg

photo_2020-07-08_16-38-55.jpg

3 677
Alisher ISROILOV (surat), OʻzA