O‘zA O`zbek

23.09.2020 Chop etish versiyasi

Samara viloyatidan yurtdoshlarimizni olib kelish uchun maxsus avtobus qatnovi tashkil etildi

Samara viloyatidan yurtdoshlarimizni olib kelish uchun maxsus avtobus qatnovi tashkil etildi

Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berishicha, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yurtdoshlarimizni Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan Vatanimizga olib kelish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. 

Xususan, bugungi kunda ushbu jarayonni yana-da tezlashtirish birinchi navbatda ogʻir ahvolda qolgan fuqarolarni imkon qadar tezroq Oʻzbekistonga olib kelish maqsadida Rossiya Federatsiyasining tegishli vazirlik va idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida charter reyslar sonini bir necha marotabaga koʻpaytirishga erishildi. Shu bilan birga, mamlakatning turli hududlariga muntazam ravishda maxsus temir yoʻl qatnovlari ham tashkil etilmoqda. 
photo_2020-09-23_22-04-20.jpg

Respublika maxsus komissiyasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX Chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning Qozogʻiston va Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarining saʼy-harakatlari bilan ayni damda Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan Rossiya Federatsiyasining Qozogʻiston bilan chegara oldi hududi - Samara viloyatida toʻplanib qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish maqsadida maxsus avtobus qatnovi tashkil etildi.

Mazkur avtobus qatnovlari Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Bugun 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon (kalonna) Rossiyaning Samara viloyatiga yoʻlga chiqdi. Ushbu qatnov barcha sanitariya qoidalari va Qozogʻiston hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan qoʻyilgan talablarga qatʼiy amal qilgan holda bajarilmoqda. 

photo_2020-09-23_22-04-24.jpg

Unga jalb etilgan 40 nafar haydovchining barchasi yoʻlga chiqishdan avval koronavirusga test topshirishdi. Laboratoriya tahlili natijalaridan soʻng ularga tegishli maʼlumotnoma berildi. Shundan soʻng, tashuvlar xavfsizligini taʼminlash va qatnov davomida nimalarga eʼtibor berish lozimligi yuzasidan koʻrsatmalar berildi. 

Rejaga muvofiq, avtobuslar 25-sentyabr kuni belgilangan manzilga yetib borishadi. Shu kunning oʻzida avtobuslar 700 dan ortiq yoʻlovchini olib, Oʻzbekiston tomon yoʻlga chiqadi. 

photo_2020-09-23_22-04-27.jpg

Shu oʻrinda hozirda Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan fuqarolardan ommaviy ravishda Rossiyaning Qozogʻiston bilan chegara oldi hududlariga toʻplanmasliklarini soʻrab qolamiz. 

Bu kabi holatlar hozirgi qaltis epidemiologik vaziyatning yana-da murakkablashuviga, kasallik yuqtirib olish xavfining ortib ketishiga va eng yomoni, yurtdoshlarimizni olib kelish maqsadida katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarning cheklanishiga sabab boʻlishi mumkin.


6 903
OʻzA