O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

07.09.2018 16:47 Chop etish versiyasi

Salomatlikni targʻib qilish kunlari doirasida minglab furqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

 Salomatlikni targʻib qilish kunlari doirasida minglab furqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda  Mamlakatimizda Salomatlikni targʻib qilish kunlari boshlandi

Aholining tibbiy bilim va tafakkurini yuksaltirish,oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, har bir insonning oʻzi va yaqinlari salomatligi uchun masʼulligini oshirish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Salomatlikni targʻib qilish kunlari” oʻtkazilmoqda.

Aytish joizki, “kasallikni davolashdan koʻra uning oldini olgan afzal”, degan tamoyil keyingi yillarda tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylandi. Tashkil etilgan mazkur tadbir tibbiyot tizimida erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga keng targʻib etish barobarida, zamonaviy tibbiy imkoniyatlardan odamlarning bahramandligini oshirishda ham muhim qadam boʻlmoqda. Ushbu tibbiy-ijtimoiy aksiya poytaxtimiz va viloyatlardagi madaniyat va istirohat bogʻlarida oʻtkazilmoqda. Yaʼni, madaniyat maskanlariga hordiq chiqarish va sayr qilish maqsadida tashrif buyurgan odamlar bogʻlarda tashkil etilgan tibbiyot pavilonlariga taklif etilib, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikka jalb etilyapti.

photo5229099864174996570.jpg

Tibbiyot koʻriklarni oʻtkazish uchun poytaxtimizdagi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyotmarkazlari va viloyatlardagi yetakchi tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari olimlari, malakali shifokorlar jalb etilgani xalqimiz uchun yana bir qulaylikdir. Xususan, aholi xirurgiya, nevrologiya, urologiya, kardiologiya, travmatologiya, pediatriya, akusher-ginekologiya, oftalmologiya kabi sohalarda ishlayotgan olimlar va yetuk mutaxassislar koʻrigidan oʻtish imkoniga ega boʻlmoqda. Tibbiy koʻrikni xalqaro andozalar boʻyicha tashkil etish uchunpavilonlarUTT, EKG kabi zamonaviy apparatlar va laboratoriya tahlil vositalari bilan jihozlangani eʼtiborga molik.

Shuningdek, olimlar va malakali shifokorlardan tuzilgan koʻchmabrigadalar chekka hududlarda istiqomat qiluvchi keksalar, nogironlar holidan xabar olib, ular xonadonlariga tashrif buyurmoqda. Tibbiy koʻriklar natijasida statsionar davolanishga muhtoj deb topilganlarni tegishli tartibda tuman, shahar, viloyat va respublika tibbiyot muassasalarida sogʻlomlashtirish rejalashtirilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Axborot xizmati.