Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.06.2018 09:58 Chop etish versiyasi

Salohiyat va fidoyilik tanlovi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan yoshlarda sohaga nisbatan qiziqish uyg‘otish, tizimni intellektual salohiyatli kadrlar bilan ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Toshkent moliya instituti bitiruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bitiruvchilar bojxona tizimining maqsad va vazifalari, istiqboldagi rejalari, bugungi infrastrukturasi, bojxona xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

Yoshlarning bojxona organlariga ishga kirishi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Nomzodlar asosan salohiyati va fidoyiligiga qarab tanlanishi ta’kidlandi. Shuningdek, dunyoqarashi, egallagan mutaxassisligi bo‘yicha suhbat, yozma savodxonligi, jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha sinov, harbiy-tibbiy ko‘rik bosqichidan o‘tkazilishi ham eslatib o‘tildi.

Tadbirda yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, qo‘shimcha ma’lumotlarni Davlat bojxona qo‘mitasining www.bojxona.uz saytidan olish mumkinligi aytildi.

Davron Sunnatov, O‘zA
1 114