Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2018 10:47 Chop etish versiyasi

Sakkiz yoshli qizaloq 15 raqibga qarshi

Sakkiz yoshli qizaloq 15 raqibga qarshi Namangan shahrida sportning shashka turi bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Mavluda Mahmudova bir vaqtning o‘zida o‘n besh raqibga qarshi dona surdi.

Sakkiz yoshidayoq shashka bo‘yicha mamlakat, Osiyo va jahon chempioni bo‘lgan Mavludaning o‘yin uslubi raqiblarini lol qoldirdi. 

1 (1).JPG

Mavluda bir juft donasini qurbon berib, evaziga raqibining uchta toshini oldi va o‘z donasini “damka” ga chiqardi.  Raqibi Mavludaning “damka”si qamalda qolganini ko‘rib, o‘z g‘alabasiga to‘liq ishonch hosil qilgan chog‘da chempion qizcha yana bir qurbonlik berib, yo‘l-yo‘lakay bir necha donani safdan chiqardi va yana toshini “damka” marrasiga yetkazdi. Natijada raqibi mag‘lubiyatga uchradi. Mavluda barcha raqiblarini  shunday turli usullar bilan yengdi. 

2 (1).jpg

Mavluda Mahmudova 2017-yil aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ikki karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.  Bolgariyada klassik va tezkor shashka bo‘yicha o‘z yosh toifasida oltin medallarni qo‘lga kiritib, ikki karra jahon chempioni degan yuksak sharafga muyassar bo‘lgan.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat),O‘zA
3 664