O‘zA O`zbek

07.08.2018 17:52 Chop etish versiyasi

Sakkiz oyda yechilmagan muammo 6 kunda hal bo‘ldi

Sakkiz oyda yechilmagan muammo 6 kunda hal bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “O‘zbekiston“ ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Ulug‘bek Aminov 2017 yilning 22 noyabridan 2018 yilning 12 iyul kunigacha tuman elektr tarmoqlari korxonasi va tuman Majburiy ijro byurosi o‘rtasida o‘zi ishlatmagan 4 ming 887 kVt elektr energiyasi uchun belgilangan qarzdorlikning kelib chiqish sabablarini hal qila olmasdan ovora bo‘lib ishxonasi tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyatidan gap eshitayotganligi to‘g‘risida murojaat qildi.

To‘rtko‘l tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining monitoring mutaxassisi Xudaybergen Qo‘chqorovga ushbu arizani belgilangan tartibda zudlik bilan o‘rganib chiqish va murojaat egasiga javob berish yuklatildi. Mazkur arizani o‘rganishda mutaxassislar tomonidan Ulug‘bek Aminov xonadonidagi №232039 sonli hisob raqamidagi eski hisoblagichni 2017 yil 22 noyabrda yangisiga almashtirilishi natijasida MIB xodimi Jo‘shqin Niyazimbetov tomonidan 2017 yilning 25 sentyabr kuni hisoblagich ko‘rsatkichi 4 ming 887 kVt, deb SMS xabar yuborilganligi va (4887-1996 =3691 kVt) ortiqcha ishlatilmagan elektr energiyasi qarzdorligi yozilganligi aniqlandi. Buning natijasida 2017 yilning 22 noyabridan 2018 yilning 12 iyuligacha ishlatilmagan energiya uchun 741000 (Yetti yuz qirq bir ming so‘m) miqdordagi qarzdorlik U.Aminov nomiga rasmiylashtirilganligi aniqlandi.

Xudaybergen Qo‘chqorov tomonidan tuman elektr tarmoqlari idorasi xodimlariga va tumani MIBning sobiq xodimi Jo‘shqin Niyazimbetovga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining tegishli moddalari bo‘yicha o‘tkazilgan suhbati va tushuntirishlari natijasida U.Aminov xonadoniga noto‘g‘ri hisoblangan 3 ming 691 kVt soat ortiqcha ishlatilmagan elektr energiyasi qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan 741000 (Yetti yuz qirq bir ming so‘m) tuman MIBning sobiq xodimi Jo‘shqin Niyazimbetov tomonidan xato SMS xabar yuborilganligi sababli o‘z shaxsiy hisobidan tovon sifatida Ulug‘bek Aminov nomiga to‘liq to‘lab berildi va ushbu noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorlik tugatilib sakkiz oyda yechilmagan muammo 6 kunda hal bo‘ldi.

O‘zA
2 178