O‘zA O`zbek

13.08.2018 19:48 Chop etish versiyasi

Sahnada kechgan saodatli umr

Sahnada kechgan saodatli umr
O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ismoilova elimiz ardog‘idagi san’atkorlardan biri.

Umrini teatr san’atiga baxshida etgan, shu bois xalqimiz qalbidan joy egallagan aktrisa umrboqiy obrazlarni ijro etmoqda. Serqirra ijodkor Dilbar Ismoilova dublyaj sohasida ham samarali ijod qilib, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy egalladi.

O‘zbekiston davlat drama teatrida aktrisaning sakson yoshga kirishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda san’atkorlar, madaniyat sohasi vakillari, tomoshabinlar, aktrisaning yaqinlari, hamkasblari shogirdlari ishtirok etdi.

Aktrisa haqida iliq fikrlar, tilaklar bildirildi. Uning hayoti va ijodini aks ettiruvchi videorolik olqishlar bilan qarshi olindi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad asari asosida sahnalashtirilgan “Vafodor” spektakli namoyish etildi. Unda Dilbar Ismoilova Saodat aya rolini ijro etdi.

5-faqat saytga.JPG

15.JPG

Mohigul Qosimova, Oqil G‘ulomov (surat) O‘zA
2 661