O‘zA O`zbek

10.08.2018 12:19 Chop etish versiyasi

“Safoboy ota” jome masjidi noibi aka-ukalarni yarashtirdi

“Safoboy ota” jome masjidi noibi aka-ukalarni yarashtirdi
Toshkent shahrining Chilonzor, Sergeli va Mirobod tumanlarida imom-xatiblar “Jinoyatchilikning oldini olish dolzarb vazifa” shiori ostida tadbirlar o‘tkazmoqda.

Sergeli tumani “Yorqin Hayot” MFYda yashovchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va notinch oilalar bilan Olmazor tumani “Safoboy ota” jome’ masjidi noibi imom Nodir Ziyatov ishtirokidagi tadbir shular jumlasidandir.

Xususan, “Qipchoq“ ko‘chasi, 135-xonadonda yashovchi aka-ukalar o‘rtasida meros masalasida anchadan beri o‘zaro kelishmovchilik bor edi. Shu tufayli oilada davomli janjallar bo‘lib turgan. Mana shunday oila munosabatlaridagi jigarlarning bir biriga bo‘lgan hurmatsizligi oqibatida o‘zaro kelishmovchilik va tushunmovchiliklar vujudga kelgan. Imom xatib ularga nasihat qilib, diniy taraflama har xil misollar bilan tushuntirish ishlari olib bordi. Natijada aka-uka Omonovlar oilasi bir to‘xtamga kelib, yarashishdi.

Aholimiz orasida bunday saboq bo‘lguvchi tadbirlarning davomiyligi har bir insonni vijdon amriga bo‘ysunib yashashga chorlaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O‘zA
2 299