O‘zA O`zbek

08.08.2018 21:17 Chop etish versiyasi

Ruhiyat va mohiyatga yo‘g‘rilgan tasvirlar

Ruhiyat va mohiyatga yo‘g‘rilgan tasvirlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab rassom Nasiba Abzalovaning “Ruhiyat va mohiyat” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Nasiba Abzalova 2005 yili Toshkent davlat politexnika universiteti (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti)ning Dizayn fakultetini tamomlagan. 2012 yilda rassomning “Iztirob” nomli birinchi shaxsiy ko‘rgazmasi omma e’tiboriga havola etilgan.Ijodkor mamlakatimizda o‘tkazilgan san’at festivallarida faol qatnashib keladi.

Ko‘rgazmada rassomning rangtasvir va grafikada ishlangan 40 ga yaqin ijodiy ishi namoyish etilmoqda. “Ozodlik”, “Baxtni his etish”, “Ruhiyat va mohiyat”, “Belbog‘” nomli asarlari kishilarni falsafiy fikrlashga undaydi.

Ko‘rgazma joriy yilning 15 avgustiga qadar davom etadi.

8 (1).jpg

11.jpg

A’lo Abdullayev (surat) O‘zA
2 223