O‘zA O`zbek

08.08.2018 12:14 Chop etish versiyasi

Rossiyalik Olga Zabelinskaya Osiyo O‘yinlari – 2018da O‘zbekiston bayrog‘i ostida chiqadi

Rossiyalik Olga Zabelinskaya Osiyo O‘yinlari – 2018da O‘zbekiston bayrog‘i ostida chiqadi

O‘zbekistonlik velomarafonchilar tarkibida Rossiyaning sobiq sportchisi Olga Zabelinskaya ham bor.

Zabelinskaya “Match TV”ga bergan intervyusiga ko‘ra, Rossiya sporti atrofidagi muhit o‘tishining asosiy sababi bo‘lgan. 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olmasligiga ishonch hosil qilgandan keyin shunday qarorga kelganini aytadi.

Ilgari sportchi Rossiya velosport federatsiyasi (FVSR)ga fuqaroligini o‘zgartirish va O‘zbekiston tarkibiga qo‘shilish niyati borligini bildirgan.

Olga Zabelinskaya 2012-yilda Londondagi Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori va Rossiya terma jamoasi tarkibida Rio – 2016 o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-avgust – 2-sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida 232 nafar sportchimiz sportning 30 turi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashadi.

O‘zA
2 393