O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda

Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasini fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komissiyasining hamraisi M.Borovskaya joriy yil 9 sentabr kuni O‘zbekistonga keldi.

Tashrif doirasida M.Borovskaya rahbarligidagi delegatsiya 9 sentabr kuni “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida bo‘ldi. Mehmonlar filialning o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. O‘quv laboratoriyalari, o‘quv xonalari delegatsiya a’zolarida yaxshi taassurot qoldirdi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida o‘quv jarayoni samaradorligini yanada oshirish, o‘quv laboratoriyalari, axborot kutubxonalarini yanada boyitish xususida fikr almashildi.

2.jpg

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari kengayib borayotganligi alohida qayd etildi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolarining Toshkent viloyatida joylashgan Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialiga tashrifi rejalashtirilgan.

6.jpg

10 sentabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov va Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Borovskaya ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasini fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komissiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

612
O‘zA