O‘zA O`zbek

20.08.2019 Chop etish versiyasi

“Rohat“ jamoasi Bektemir tumanida tengsiz

“Rohat“ jamoasi Bektemir tumanida tengsiz

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri mahallalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha ”Mahallaga – mahalla“ turniriga start berildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur turnir poytaxtimizning 11 tumanida 29 avgustga qadar o‘tkaziladi.

Turnirning dastlabki kunida Bektemir tumanidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan 14-15 yoshli o‘g‘il bolalardan iborat 12 jamoa g‘oliblik uchun bellashdi.

Tumandagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan musobaqada “Rohat“ jamoasiga teng keladigani topilmadi. Finalga qadar yetib borgan “Zilola“ jamoasi esa ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Uchinchi o‘rin esa “Chashma“ jamoasiga nasib etdi.

1 467
Javohir Toshxo‘jaev, O‘zA