O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Rishton tumanida oʻzbek-tojik “Doʻstlik uyi”ish boshladi

Rishton tumanida oʻzbek-tojik “Doʻstlik uyi”ish boshladi


Hozirgi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yakdil, ahil boʻlib yashayotgani, har bir insonning hayotiy manfaatlari hamda ezgu maqsadlari roʻyobi uchun teng va keng imkoniyatlar yaratib berilgani alohida eʼtirofga loyiq.

Fargʻona viloyatdagi 8 ta milliy madaniy markazlari samarali faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ular oʻz ona tili, madaniyati, sanʼati, hunarmandchiligi va milliy qadriyatlarini rivojlantirishida muhim oʻrin tutmoqda.

Oʻzbek va tojik xalqlari azaldan tinch-totuvlikda umrguzaronlik qilayotgan boʻlib, ogʻa-ini, qavm-qarindosh. Orzu va umidlari hamohang. Ulugʻ soʻz sanʼatkorlari – Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikning oʻzi ham buni yaqqol koʻrsatib turibdi. Bugungi kunda bir mamlakat, bir makonda yashayotgan oʻzbek va tojiklar panja barmoqlaridek biri biriga quvvat beradi.

Rishton tumanida ham tojik millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Tuman markazida qurib bitkazilgan oʻzbek-tojik “Doʻstlik uyi” hamjihatlikning yorqin ifodasi boʻldi. Bu yerda oʻzbek va tojik xalqlarining boqiy qadriyatlari aks etgan. Sharqona uslubdagi yogʻoch oʻymakorligining goʻzal namunalari boʻlgan ustun va shiftlar, nafis chizgilar ila jilo berilgan ganch devorlar, osmoniy ranglarni ifodalovchi sopol koshinlar barchani hayratga soladi.

Viloyat hokimi Shuhrat Gʻaniyev mazkur yangi qurilgan maskan bilan tanishdi. “Doʻstlik uyi”ning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish borasida oʻz takliflarini bildirdi.

– Bu yer mushoiralar, uchrashuvlar, maʼrifiy suhbatlar oʻtkaziladigan maʼnaviyat markaziga aylanishi lozim, – dedi Shuhrat Gʻaniyev. – Mana qarang, katta zal shiftida toʻrt fasl oʻymakorlik sanʼati yogʻoch va ranglarda ifodalangan. Demak, oʻzbek-tojik millatiga mansub fuqarolarimizning hayoti, faoliyati ham shu toʻrt fasl charxpalagi kabi boqiydir.

photo_2020-08-05_17-24-17.jpg

photo_2020-08-05_17-24-19.jpg

photo_2020-08-05_17-24-20.jpg


2 111
М.СУЛАЙМОНОВ, М.ҚОДИРОВ (сурат), ЎзА