O‘zA O`zbek

29.08.2018 18:44 Chop etish versiyasi

Ringda harbiylar

Ringda harbiylar Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida oʻtkazilgan musobaqada Markaziy, Toshkent, Sharqiy, Shimoliy-gʻarbiy, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okruglaridan kelgan harbiy sportchilar ishtirok etdi.

Oltita vazn toifasida oʻtkazilgan bellashuvlar murosasiz kurashlarga boy boʻldi. Ishtirokchilarning 6 nafari xalqaro toifadagi, 15 nafari esa sport ustasi hisoblanadi.

Toshkent harbiy okrugi sportchisi Madiyor Saidrahimov 91 kilogrammdan ortiq vaznlilar oʻrtasida barcha raqiblaridan ustun kelib, turnirning eng yaxshi bokschisi, deya eʼtirof etildi.

Turnirda umumjamoa boʻyicha Sharqiy harbiy okrugi bokschilari birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin Toshkent harbiy okrugi, uchinchi oʻrin esa Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi sportchilariga nasib etdi.

Musobaqa gʻoliblariga Oʻzbekiston boks federatsiyasi tomonidan esdalik sovgʻalar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Abdulaziz Musayev, OʻzA
1 494