O‘zA O`zbek

13.08.2018 17:37 Chop etish versiyasi

Reyd natijasida 2026 avtoulov jarima maydoniga joylashtirildi

Reyd natijasida 2026 avtoulov jarima maydoniga joylashtirildi Toshkent viloyati hududida viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, avtomobil yo‘llarida aniqlanayotgan qoidabuzarliklar sonini kamaytirish maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar, reydlar o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YXXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat hududida olib borilgan reydlar natijasida 2 ming 26 avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi. Mazkur aniqlangan qoidabuzarliklarning 116 tasi mast holda transport vositasini boshqarish, 1 ming 323 tasi avtoulovga tegishli me’yoriy hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish, 296 tasi avtoulov oynalarini me’yoridan ortiqqoraytirib olish va haydovchini atrofni ko‘rishni cheklovchi ashyolar o‘rnatishholatlari hamda 291 ta haydovchining majburiy sug‘urta polisi muddatlari o‘tib ketganligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etishda birgina viloyat IIB YHXB xodimlari emas, balki jamoatchilik asosida har birimiz ishtirok etishimiz kerak.

O‘zA
1 816