O‘zA O`zbek

12.07.2019 19:19 Chop etish versiyasi

Reabilitatsiya vositalariga muhtoj fuqarolarga nogironlik aravachasi, qoʻltiq tayoq, eshitish moslamasi tarqatildi

Reabilitatsiya vositalariga muhtoj fuqarolarga nogironlik aravachasi, qoʻltiq tayoq, eshitish moslamasi tarqatildi

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E. Bositxonova ishtirokida hududdagi ayollar bilan sayyor qabullar oʻtkazildi. Unda oʻnlab xotin-qizlar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammobilan murojaat qildi.

Uchrashuv Karmana tumanida davom etdi. Unda xonadonma-xonadon yurish natijasida reabilitatsiya vositalariga muhtoj boʻlgan fuqarolar aniqlanib, ularga fond tomonidan nogironlik aravachasi, qoʻltiq tayoq, eshitish moslamasi va boshqa reabilitatsiya vositalari tarqatildi.

E. Bositxonova kunning ikkinchi yarmida Qiziltepa tumaniga tashrif buyurdi. Tuman “Nafosat” madaniyat uyida tashkil etilgan tadbirda hududda xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan tizimli islohotlar tahlil qilinib, taqdimot vositalari asosida seminar-trening oʻtkazildi.

Tuman FHDYO boʻlimidagi Kelin-kuyovlar innovatsion maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari va faol yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda mukofot egalarini ijtimoiy-siyosiy faollikka chaqirish, masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha fikr-mulohazalar yuritildi.

Siroj ASLONOV (surat), OʻzA
818