O‘zA O`zbek

05.09.2018 12:05 Chop etish versiyasi

Rasmiy tashrif tafsilotlari onlayn yoritiladi

Rasmiy tashrif tafsilotlari onlayn yoritiladi
Avval xabar qilinganidek, kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevningtaklifiga binoan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisi rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

Tashrifning asosiy voqealari bugunga moʻljallangan. Ushbu tashrif haqida keng jamoatchilikni vaqtida xabardor etib borish maqsadida Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun kun davomida brifinglar oʻtkaziladi.

Kun tartibida mazkur tashrifga oid maʼlumotlar, informatsion roliklar, ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi rasmiy uchrashuvdan jonli efirlar taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy uza.uz saytida Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun oʻtkazilayotgan brifinglar bilan bogʻliq tafsilotlar onlayn yoritiladi.

OʻzA
2 169