O‘zA O`zbek

03.06.2020 Chop etish versiyasi

RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda 846 bemor koronavirusdan davolanmoqda, 11 nafarining ahvoli ogʻir

RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda 846 bemor koronavirusdan davolanmoqda, 11 nafarining ahvoli ogʻir

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan fuqarolar soni 3 ming 769 nafarga yetdi. Ulardan 2 ming 908 nafari, yaʼni 77 foizdan ziyodi toʻliq sogʻaygan. Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, shifoxonalarda 846 bemor davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir.

Hurmatli yurtdoshlar!

Keyingi paytlarda aholi orasida kasallikka chalinganlar aniqlanayotgani barchamizni sergak torttirishi kerak. Har birimiz koʻchaga chiqqan paytda oʻzimizni maʼlum bir darajada xavf ostiga qoʻyamiz. Shunday ekan, zaruratsiz koʻchaga chiqishdan oʻzingizni tiying.

Har birimizning harakatimizga bogʻliq holatda epidemik vaziyat ijobiy yoki salbiy tomonga oʻzgaradi. Agar aholi orasida kasallik qayd etilishi davom etsa karantin va cheklov tadbirlari yana-da kuchaytirilishi mumkin.

1 409
OʻzA