O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Raqamli tarqoqlikni bartaraf qilish: SOVID-19ga raqamli javob!

Raqamli tarqoqlikni bartaraf qilish: SOVID-19ga raqamli javob!

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sherzod Asadov “Raqamli tarqoqlikni bartaraf qilish: SOVID-19 ga raqamli javob” mavzusida tashkil etilgan xalqaro videokonferensiyada ishtirok etdi.

Tadbirda dunyoning 40 dan ortiq davlati tashqi siyosat idoralari msʼul vakillari, shuningdek, BMT Bosh kotibining birinchi oʻrinbosari Amina Muhammad, Xalqaro elektr aloqa ittifoqi Elektr aloqani rivojlantirish sektori direktori Dorin Bogdan-Martin, “Smart Afrika” alyansi bosh direktori Latsina Kone ishtirok etdi.

Video anjuman ishtirokchilari koronavirus pandemiyasining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha fikr almashdilar, ogʻir ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy evrilishlarga qarshi tura oladigan kuchli jamiyatni birgalikda qurish uchun innovatsion raqamli yechimlardan foydalanish yoʻllarini muhokama qildilar.

Tadbir yakunida “SOVID-19ga raqamli javob boʻyicha Global deklaratsiya” qabul qilindi.

1 337
OʻzA