O‘zA O`zbek

15.10.2019 Chop etish versiyasi

Raketamodelchilarimiz taqdirlandi

Raketamodelchilarimiz taqdirlandi

Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari sportning raketamodel turi boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi Boyqoʻngʻir shahrining Boyqoʻngʻir kosmodromida joriy yilning 13-23-sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan jahon kubogi va xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari raketamodel sporti boʻyicha 1 tadan oltin va kumush hamda 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan sportchilarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unda sportning raketamodel turi boʻyicha oʻtgan nufuzli musobaqalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan Diyora Domlatjonova, Valeriy Gavrilov, Azim Domlatjonov, Abdulbosit Yorqariyev va Kozimjon Ismoilovlar pul mukofoti va esdalik sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining raketamodel sporti boʻyicha malakali, yuqori tajribali murabbiyi Alisher Usmonovga “Raketamodel sporti faxriysi“ guvohnomasi topshirildi.

1 310
J.TOSHXOʻJAYEV, OʻzA