O‘zA O`zbek

07.05.2018 13:59 Chop etish versiyasi

Rahbar va yoshlar

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbir shunday nomlandi.

“O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas’ul xodimlari, shahar hokimligi vakillari, Yoshlar ittifoqi Yangiyo‘l shahar kengashi faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatmizda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash,iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

“O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari bilan birgalikda yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini ta’minlash, sohaga ilg‘or innovatsion yangiliklarni joriy qiladigan bilimli va yetuk yosh kadrlarni rag‘batlantirish, ularning rivojlangan davlatlarda malakasinioshirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

– Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi 16 tashkilotda 1 ming 120 ga yaqin yoshlar mehnat qiladi, – deydi “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi O.Mustafoyev. – Sohada ishlayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda. Ularning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Tadbirda yuqori sifatli vino-sharbat turlarini yaratish, olingan natijalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha izlanishlar olib borayotgan yosh xodimlarerishayotgan yutuqlar alohida ta’kidlandi. Bir guruh faol va tashabbuskor yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
3 172