O‘zA O`zbek

13.09.2018 07:03 Chop etish versiyasi

Rahbar va hokimlarga poraxoʻrlikka yoʻl qoʻymaslik madaniyatini kim oʻrgatadi?

Rahbar va hokimlarga poraxoʻrlikka yoʻl qoʻymaslik madaniyatini kim oʻrgatadi?
Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi OAV xodimlari uchun maxsus matbuot anjumani oʻtkazdi. Anjumanda akademiya vakillariga rahbar kadrlarni tayyorlashda ularga korrupsiya va poraxoʻrlikka yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻnikmalar beriladimi degan savol bilan murojaat etildi. 

Akademiya boshqaruvi rahbariyati javobiga koʻra, akademiya magistrlariga korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, rahbarlik madaniyati, nutqi, liderlik fani, boshqaruv madaniyati boʻyicha maxsus fanlar oʻtiladi. Biroq, shunga qaramasdan mutasaddi idoralarda korrupsiya illati uchrab turibdi.

“Jamiyatimizda korrupsiya juda chuqur ildiz otib ketgan. Undan qutilish oson emas. Shuning uchun korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik uchun jurnalistlar ham faol boʻlishi kerak. Ular tanqidlari va jurnalistik tekshiruvlari, tashviqot maqolalari bilan korrupsiya va poraxoʻrlikka qarshi kurashishi lozim.“ deydi Davlat boshqaruvi akademiyasining boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash fakulteti dekani Otabek Hasanov.

OʻzA
1 284