O‘zA O`zbek

20.08.2019 Chop etish versiyasi

Rag‘bat va e’tirof ijodkorga ilhom beradi

Rag‘bat va e’tirof ijodkorga ilhom beradi

Mamlakatimizning barcha hududlarida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

3.jpg

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 6 nominatsiya bo‘yicha 18 nafar g‘olib ishtirokchi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bundan tashqari 8 ta rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham taqdim etildi.

– Bu yilgi tanlovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Usmon Nusurov. – Topshirilgan ishlarning har birini hay’at a’zolari alohida e’tibor bilan o‘rgandi. Viloyatda faoliyat yuritayotgan ijodkorlardan 73 nafarining 380 dan ziyod ijodiy ishlari qabul qilindi, ularga xolis baho berildi. Natijada yangi qiyofalar, o‘ziga xos ijodiy ishlar kashf etildi.

1.jpg

G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

523
O‘.BAROTOV, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA