Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 18:17 Chop etish versiyasi

Sirdaryo viloyatida namunali militsiya tayanch punktlari aniqlandi

"Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichida Guliston shahri “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini 1-militsiya tayanch punkti g‘olib bo‘lib, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

– Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun mahallamizda hunarmandchilik, ijodiy, badiiy va sport to‘garaklari faoliyat yuritmoqda, – deydi tanlov g‘olibi, 1-militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori Ulug‘bek Bijanov. – “Maktab – mahalla – oila” hamkorligining izchil yo‘lga qo‘yilgani ham muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘layotir. O‘tgan yili mahalla fuqarolar yig‘inining zamonaviy binosi bunyod etilib, militsiya tayanch punktining samarali ishlashi uchun zarur sharoit yaratilgani faoliyatimiz samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu boradagi ishlar joriy yilda ham keng ko‘lamda davom ettirilmoqda.

Tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan militsiya tayanch punktlari profilaktika inspektorlari, fuqarolar yig‘inlari raislari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev va boshqalar xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar idoralarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Bunda tizimning eng quyi bo‘g‘ini hisoblangan mahallalardagi militsiya tayanch punktlarining munosib o‘rni bor.

Sirdaryo viloyatida 104 militsiya tayanch punkti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan bir binoda joylashgani, profilaktika inspektorlarining mahalla raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, posbon va fuqarolar yig‘ini komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib borayotgani hududda osoyishtalikni ta’minlash, turli noxush holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Tanlov g‘oliblarini aniqlashda militsiya tayanch punktlarining xizmat ko‘rsatish hududidagi vaziyat, profilaktika inspektorlarining mahalla fuqarolar yig‘ini va aholi bilan hamkorligi, bilim va tajribasi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Ikkinchi o‘rin Xovos tumani “Paxtakor” qishloq fuqarolar yig‘inidagi 104-militsiya tayanch punktiga berildi. Uchinchi o‘rinni Mirzaobod tumani “Oqoltin” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 92-militsiya tayanch punkti qo‘lga kiritdi.

Tanlovda “Eng mahoratli profilaktika inspektori”, “Yosh avlod himoyachisi”, “Fidoyi mahalla posboni”, “Ma’rifatparvar maslahatchi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
2 102






Все о погоде - Pogoda.uz