O‘zA O`zbek

08.09.2018 13:34 Chop etish versiyasi

Ragʻbat - muvaffaqiyat omili

Ragʻbat - muvaffaqiyat omili

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Tashabbus – 2018” koʻrik-tanlovining Samarqand tumani bosqichi boʻlib oʻtdi.

3.jpg

Unda 70 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmand oʻzlari ishlab chiqargan sanoat, isteʼmol tovarlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlari bilan ishtirok etdi.

4.jpg

Tanlov yakuniga koʻra, “Gulobod mebel” MCHJ rahbari F.Rahmatov “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Prestij med servis” MCHJ rahbari A.Vasliddinov “Xizmat koʻrsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Lift Group” MCHJ rahbari A.Karimov “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, usta temirchi M.Tohirov “Yilning eng yaxshi hunarmandi” va “Gʻofurov-S Bogʻlari” fermer xoʻjaligi raisi Sh. Gʻofurov “Yilning eng yaxshi fermeri” nominatsiyasida gʻolib, deb topildi va tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

– Korxonamiz tashkil topganiga besh yil boʻldi, – deydi tanlov gʻolibi “Lift Group” MCHJ rahbari Alisher Karimov. – Ayni paytda korxonamizda koʻp qavatli uylar, oshxona va shifoxonalar uchun lift, savdo majmualari uchun ekskalator singari 35 xildagi liftlar ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki va tashqi bozorda xaridorgir. Bugungi kunda Rossiya va boshqa bir qator MDH davlatlariga eksport qilinmoqda. Kelgusida korxonamiz faoliyatini kengaytirib, yiliga 250-300 dona lift ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.

Alisher Isroilov (surat), OʻzA
2 259