O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Quvalik uch egizak chaqaloq Sog‘liqni saqlash vazirligining doimiy nazoratida

Quvalik uch egizak chaqaloq Sog‘liqni saqlash vazirligining doimiy nazoratida

Internet nashrlarida Quva tumani Akbarobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Odina Jumaevaning uch egizak farzandini boqishning o‘ziga xos mashaqqatlari, ularning salomatligi bilan bog‘liq muammolari haqida material e’lon qilingan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Odina Jumaevaning asosiy muammosi – farzandlariga sun’iy sut mahsulotlarini yetkazib berishdagi qiyinchiliklardir bo‘lgan. Egizaklarning sog‘ligi esa 80-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri Ilhom Umaraliev hamda patronaj hamshirasi Mahliyo Yangiboeva tomonidan muntazam nazorat ostiga olingan. Darhaqiqat, ona va bola salomatligi davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har bir yangi tug‘ilgan bolaning sog‘lom voyaga yetishi muntazam nazorat qilib boriladi.

photo5265018731506019016.jpg

Yaqinda Quva tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Sotvoldiev, birlashma boshlig‘ining o‘rinbosari D.Ibragimova hamda qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri I.Umaraliev Odina Jumaeva xonadoniga tashrif buyurib, chaqaloqlarning umumiy holatini yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bundan tashqari, egizaklarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga olib borish uchun yo‘llanma berildi.

photo5265018731506019017.jpg

Shunga ko‘ra, shu yilning 1 aprel kuni Odina Jumaeva egizak farzandlari bilan tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ajratilgan tez tibbiy yordam mashinasida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga olib kelindi. Markazda bosh shifokor Sh.Qo‘chqorov boshchiligida pediatr, kardiolog, nevrolog, nefrolog, kardioxirurg, ortoped, reanimatolog hamda UTT shifokorlari tomonidan egizaklar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

photo5265018731506019019.jpg

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, egizaklarning kattasi Iqboljon va kenjasi Imronjonning ahvoli qoniqarli. O‘rtanchasi Islomjonda esa kardiologik xastalik mavjudligi aniqlanib, kerakli tibbiy muolajalar o‘tkazildi. Ayni paytda uning sog‘lig‘i yaxshilanib bormoqda.

Egizaklar ayni paytda umumiy amaliyot shifokori, kardiolog hamda patronaj hamshirasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

1 131
O‘zA