O‘zA O`zbek

22.09.2020 Chop etish versiyasi

Quvadagi oilaviy korxona ichki bozorga 500 million soʻmlik mahsulot yetkazib berdi

Quvadagi oilaviy korxona ichki bozorga 500 million soʻmlik mahsulot yetkazib berdi

Fargʻona viloyati Quva tumani “Iftixor” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Barkamol ulugʻ yurt” oilaviy korxonasida ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlariga talab ortib bormoqda. 

Sifatga eʼtibor qaratgan tadbirkor Zoyirjon Rahmonov izlanishdan hech qachon charchamaydi. Oila-aʼzolari, oʻgʻli Ziyodulla bilan doimo maslahatlashib, yangiliklarga qoʻl uradi.
photo_2020-09-22_18-41-31.jpg
photo_2020-09-22_18-41-27.jpg

– Pandemiya sharoitida bir oz faoliyatimiz toʻxtab qoldi, - deydi Z.Rahmonov. 

– Hozirda sanitariya talablariga amal qilib, ish jarayonini davom ettiryapmiz. Samarali mehnat qilayotgan 20 nafar xotin-qiz zamonaviy dizayndagi erkaklar koʻylaklarini tikmoqda. Bu borada oʻziga xos brend yaratganmiz. 500 million soʻmlik mahsulotlarni ichki bozorga yetkazib berdik. Faoliyatimizni yana-da kengaytirib, mahsulotlar turini oshirish ustida ish olib boryapmiz.

photo_2020-09-22_18-41-38.jpg
photo_2020-09-22_18-41-42.jpg

5 301
Muqimjon QODIROV (surat), OʻzA