O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 19:47 Chop etish versiyasi

“Quva qandolatlari”aholiga manzur

“Quva qandolatlari”aholiga manzur
Quva tumanidagi “QUVA QANDOLATLARI” masʼuliyati cheklangan jamiyati mahsulotlari tashqi bozorga ham chiqarilmoqda.

Korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangani mahsulot sifatini taʼminlab, xaridorlar, ulgurji mahsulot oladigan mijozlarishonchini oqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Quva qandolatlari” yorligʻi bilan yetkazib berilayotgan mahsulotlarni bugun yurtimizning barcha hududlaridagi savdo rastalarida koʻrish mumkin.Korxona sexlarida 30 ga yaqin turda shokolad, 10 turda karamel, 15 turda pechenye mahsulotlari tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, 10 turda makaron mahsulotlari ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyilgan.

5 (2).JPG

15.JPG


Muqimjon Qodirov (surat) OʻzA