O‘zA O`zbek

26.09.2020 Chop etish versiyasi

Quva–Asaka, Shahrixon–Quva, Marhamat– Quva yoʻli qayta ochildi

Quva–Asaka, Shahrixon–Quva, Marhamat– Quva yoʻli qayta ochildi

Fargʻona viloyatini Andijon viloyati bilan bogʻlovchi Quva–Asaka, Shahrixon–Quva, Marhamat-Quva yoʻli bugundan boshlab ochildi.

Karantin davrida beton toʻsiqlar bilan yopib qoʻyilgan bu yoʻllar cheklovlar yumshatilgan boʻlsada, ochilmay kelayotgan edi.

Ortiqcha ovoragarchiliklar aholining eʼtirozlarga sabab boʻlayotgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham mazkur mavzu koʻtarilgan boʻlib, viloyat hokimligi tomonidan yoʻllar taʼmirlanayotganligi bildirilgan.

908
O'zA