Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2017 12:48 Chop etish versiyasi

Quroldosh do‘stlarining faxri

Quroldosh do‘stlarining faxri Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qismlaridan birida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan Muhammadyor Hamidov intiluvchanligi, berilgan har qanday topshiriqni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi, namunali hulqi, tartib-intizomi bilan komandirlari e’tiborini tortdi, quroldosh do‘stlari orasida obro‘-e’tibor qozondi.

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanining Qoshtepasaroy qishlog‘ida tug‘ilgan Muhammadyor maktabda a’lo baholarga o‘qidi, 2014-yili Oltinko‘l sanoat kasb-hunar kollejini “Kompyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash mutaxassisi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomladi.

– Kollejda egallagan bilimlarim menga harbiy xizmatda juda qo‘l kelmoqda, – deydi oddiy askar M.Hamidov. – Harbiy texnika va qurol-aslahalarda mavjud komputer tizimini boshqarishni tez va oson o‘zlashtirdim.

Sportning futbol, voleybol va suzish turlari bilan shug‘ullanib, jismoniy chiniqqan Muhammadyor harbiy xizmat chog‘ida dala o‘quv-mashqlarini qiyinchiliksiz uddalamoqda. Kelgusida oliy o‘quv yurtida o‘qish va huquqni muhofaza qilish organlarida xizmat qilish uning maqsadi.

– Zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, jismoniy chiniqqan yoshlar harbiy xizmat chog‘ida hech qanday qiynalmaydi, – deydi harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Jobir Muhsinov. – Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar samarasida harbiy xizmatga Muhammadyor kabi intellektual salohiyatli, jismonan baquvvat yigitlarni saralab olish imkoniyati yanada kengaymoqda. Bularning barchasi Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan sharoitlar samarasidir.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
863






Все о погоде - Pogoda.uz