O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Qurilish qimmatga tushdi...

Qurilish qimmatga tushdi...

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi “YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasidagi hududlarni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 435-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorda Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi tegishli hududlar (obyektlar) alohida muhofaza qilinadigan hududlar sifatida eʼtirof etiladi hamda ularda rejalashtirilgan barcha turdagi qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari YUNESKOning Umumjahon meros markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Ilmiy ekspert kengashi” bilan belgilangan tartibda avvaldan (qurilish ishlarini boshlamagan) kelishilgan holda amalga oshirilishi koʻrsatilgan.

Buxoro shahar B.Naqshband koʻchasida Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hudud mavjud boʻlib, mazkur hudud “Buxoro tarixiy markazi”ning muhofaza hududiga kiritilgan. Hududda fuqaro Sh.Djalilov belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurilishni olib borgan. Natijada moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzgan.

Joriy yilning iyun oyida Buxoro shahar maʼmuriy sudi tomonidan oʻtkazilgan ochiq sud majlisida fuqaro Sh.Djalilov Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 64-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 33-moddasini qoʻllab, bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Jarima davlat daromadiga undirildi.

1 386
Zarif KOMILOV, OʻzA