O‘zA O`zbek

23.08.2018 14:55 Chop etish versiyasi

Qurbon hayiti Surxondaryo viloyatida ham keng nishonlanmoqda

Qurbon hayiti Surxondaryo viloyatida ham keng nishonlanmoqda

Ulugʻ ayyom kunlari xalqimizga xos saxovat, insonparvarlik, muruvvat, hamjihatlik kabi yuksak fazilatlarimiz keng namoyon etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga bir olam quvonch ulashib, ularning tinch, farovon, obod turmushga shukronalik hissini mustahkamlayotir. 

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi B. Poʻlatov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari muruvvat va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, bemorlar xolidan xabar olib, ular uchun bayram dasturxonlari yozmoqda, sovgʻa-salomlar ulashib, maʻnaviy qoʻllab-quvvatlamoqda.

Termiz tumanidagi viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi, Denov tumanidagi Muruvvat, Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uylarida boʻlib oʻtgan ana shunday tadbirlar bemorlar va tarbiyalanuvchilarga bayram shukuhini ulashdi. Fayzli dasturxon atrofida dildan suhbatlar boʻldi. 

Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakatimizda uch kunlik dam olish eʻlon qilingani yurtdoshlarimizning muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalarni ziyorat qilib, uzoq-yaqindagi qarindoshlari va bemorlar holidan xabar olishiga qulay imkoniyat yaratdi. 

– Prezidentimizning Oʻzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigida ulugʻ ayyomning xalqimiz hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati oʻz ifodasini topgan, – deydi termizlik Z.Joʻraqulov. – Shu kunlarda hamma bir-birini qutlab, hol-ahvol soʻrab chinakam bayram qilishmoqda. Men ham roʻzgʻor-ish tashvishlaridan vaqt orttirib Denovdagi qarindoshlarimiz va doʻstlarimiznikida boʻlmagan edim. Ayyom munosabati bilan yurtimizda eʻlon qilingan dam olish kunlaridan foydalanib, yaqinlarimiznikiga hayitlab bordik. 

Viloyatda hayit bayrami koʻtarinki ruxda davom etmoqda. 

Xolmoʻmin Mamatrayimov, OʻzA
1 610