O‘zA O`zbek

23.08.2018 17:56 Chop etish versiyasi

Qurbon hayiti kunlari Xotin-qizlar qo‘mitasi Respublika bo‘ylab saxovat tadbirlarini o‘tkazdi

Qurbon hayiti kunlari Xotin-qizlar qo‘mitasi Respublika bo‘ylab saxovat tadbirlarini o‘tkazdi

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ulug‘ ayyom kunlarida butun mamlakatimiz bo‘ylab saxovat tadbirlari o‘tkazildi.

photo5471913478022343103.jpg

Tadbirlar doirasida mehrga muhtoj bo‘lgan nogiron va bemor insonlar holidan xabar olib, yolg‘iz qariyalar, muruvvat uylari, boquvchisini yo‘qotgan kam ta’minlangan oilalar, mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurildi.

photo5471913478022343106.jpg

Ehtiyojmand ayollarning oilalariga moddiy yordamlar ko‘rsatilib, oziq-ovqat, maishiy texnika mahsulotlari, nogironlik aravachalari sovg‘a sifatida ulashildi.

photo5471913478022343104.jpg

Bayram kunlari o‘tkazilgan muhim tadbirlardan biri bu yuzlab nogironligi bor, og‘ir ijtimoiy vaziyatda qolgan ayollarga yangi uylarning kalitlarining topshirilganligi bo‘ldi. Shuningdek ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida yangi uylarning birinchi qavatlarida tikuv sexlari ochilib, yangi ish o‘rinlari yaratildi.

photo5471913478022343105.jpg

photo5471913478022343107.jpg

O‘zbekiston Xotin-qizlari qo‘mitasi Matbuot xizmati

O'zA
1 964